Sport
“Olimpik” jamoasi hujumchisi, shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi forvardi Alisher Odilov legionerga aylandi. Bu haqida Championat.asia xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, sport sayti futbolchining oʻzi bilan bogʻlangan.
Xabarda yozilishicha, Odilov bir necha soatdan soʻng Rossiyaga uchib ketadi.
Ertaga yoki indinga esa tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Hammasi joyida boʻlsa, “Ximki” jamoasi bilan shartnoma imzolanadi.
Xullas, 23 yoshli forvard faoliyatini Rossiyada davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Avvalroq tarqalgan xabarlarda futbolchining vakillari Hojimat Erkinov toʻp tepadigan BAAning “Al Vahda” klubi bilan faol tarzda muzokaralar olib borishayotgani aytilgan edi. Biroq yakunda vaziyat boshqa tomonga oʻzgarib ketgan.
Maʼlumot uchun, Alisher Odilov joriy mavsum Superligada 12ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan va 1ta assist qayd etgan.
Oldinroq yana bir oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi Magnus Karlsenni magʻlub etgani haqida maʼlumot berilgan edi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
111496
Jamiyat
94618
Jamiyat
90593
Jamiyat
74991
Jamiyat
//
Izoh yo‘q