
Jamiyat
Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining mamlakatga kirib kelishi xavfining oldini olish choralari koʻrilmoqda.
“Uzbekistan Airports”ning xabar berishicha, mamlakat aeroportlarida qator sanitariya-targʻibot tadbirlarini oʻtkazish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining “Chet eldan maymunchechakning kirib kelishining oldini olish va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi koʻrsatmasiga asoslanadi.
Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obyektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda 20-21-avgust kunlari aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik koʻrinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish boʻyicha seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targʻibot ishlari kuchaytirilgan.
Bunda aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda maʼlumot beriladi va baʼzi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon boʻlishi tushuntiriladi.
Shu bilan birga, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda harorati yuqori boʻlgan yoʻlovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar oʻrnatiladi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q