
Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va turar joyi boʻyicha xabardor qilishi tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qabul qilindi.
Xabarga koʻra, mazkur hujjat bilan bugungi kunda amalda boʻlgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonun bekor qilingan.
Jumladan, amaldagi qonunda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelayotgan edi.
Endi esa respublika boʻylab fuqarolarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishining yagona tartibi joriy etiladi. Shuningdek, vaqtincha yashab turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtish tartibini takomillashtirgan holda turar joy boʻyicha xabardor qilish tizimi ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida, boshqa viloyatlar uchun esa alohida roʻyxatga olish tartibi boʻlmaydi. Bunday amaliyotdan voz kechiladi. Respublika boʻyicha bir xil tartib amal qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q