Guliston shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilarga ish taklif qilmoqda

Saqlash
21:44 / 20.08.2024 1009 0

Guliston shahridagi Prezident maktabi bir qator yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

 

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabariga koʻra, oʻqituvchilarni ishga olish tanlov asosida amalga oshiriladi.

 

Ish oʻrni taklif qilinayotgan yoʻnalishlar:

▪️ matematika fani oʻqituvchisi;

▪️ oʻquv boʻlimi uslubchisi;

▪️ robototexnika toʻgaragi rahbari;

▪️ laborant (robototexnika).

 

Talablar:

▫️ Oliy maʼlumotli;

▫️ Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

▫️ Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;

▫️ Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi;

▫️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi kerak.

 

Shuningdek, mazkur taʼlim maskani ahil va professional jamoa bilan ishlash, doimiy malakaviy oʻsish, iqtidorli oʻquvchilarga dars berish hamda xalqaro konferensiya va treninglarda qatnashish kabi imkoniyatlarni taqsim etadi.

 

Hujjatlar joriy yilning 23-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Bunda arizalarni ushbu manzilga yuborish mumkin.

 

Tel: +998958012200

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//