Jamiyat
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-avgustdagi 244-sonli buyrugʻi bilan umumtaʼlim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, xabarga koʻra, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladigan maktablarda “Kasbiy taʼlim ustasi” lavozimi 1,0 shtat birlik asosida joriy etiladi.
Bunda kasb-hunarga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladigan maktablar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Maʼlumot uchun, 2024-yil 5-fevral kuni Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan edi. Unda maktablarda ustaxonalar tashkil etilib “Kasbiy taʼlim ustasi” lavozimi joriy etilishi, maktablarda oʻrgatish mumkin boʻlgan 50 ta kasb-hunar roʻyxati tuzilib, har biri boʻyicha oʻquv va amaliyot dasturlari ishlab chiqilishi aytilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q