Jamiyat
Prezident raisligida tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtayotgan muloqotda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish xalqaro tranzit yuk tashishda ortiqcha toʻlov yoki cheklovlardan xalos boʻlish imkonini berishi qayd etildi. Bu esa raqobatdosh boʻlishga yana bir turtki berishi taʼkidlandi.
Prezident matbuot kotibining yozishicha, muloqot davomida mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorlarda munosib oʻrin topish uchun xalqaro standartlarga oʻtish kerakligi aytilgan.
“Masalan, pestitsidlar nazorati yoʻlga qoʻyilmas ekan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini 2030-yilgacha 10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha belgilagan marralarga erishib boʻlmaydi. Yetishtirayotgan mahsulotlarimiz bozorini topolmasdan nobud boʻlaveradi”, degan davlat rahbari.
Shu bois, joriy yil oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha katta oʻzgarishlar rejalashtirilgan boʻlib, bu orqali karantin, veterinariya, sanepidemnazorat va standart tashkilotlarining takrorlovchi vakolatlari qisqaradi.
Eng muhimi esa, tadbirkorlarni qayta-qayta tekshirishga chek qoʻyiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q