Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda elektr va gazga oʻrnatilgan limit masalasiga toʻxtalib oʻtildi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, barcha sanoat korxonalari elektr va gazga oʻrnatilgan limit oshib ketsa, toʻlov 2 karra koʻp undirilayotganidan norozi boʻlmoqda.
Shularni inobatga olgan holda endi sanoat oʻsishiga taʼsir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi.
“Endi elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar isteʼmol 20 foizdan oʻtib ketsa, oshgan qismiga toʻlov 20 foiz qimmatlashadi.
Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “oʻrta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan toʻlovni bir oyda ikkiga boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi” degan Prezident muloqot davomida.
Maʼlum boʻlishicha, byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qoʻyilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga toʻlov qila olmayapti. Qachonki ishlab chiqarish toʻxtamasa, shundagina qarzdorlik tezroq uziladi.
Endilikda “inkasso” boʻlgan taqdirda ham kommunal xizmatlarga toʻlovlar toʻxtatilmaydi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q