300 ga yaqin taniqli tadbirkor va investorlar Qoraqalpogʻistonda toʻplanadi

Saqlash
17:25 / 20.08.2024 649 0

Mamlakatning barcha hududlaridan 300 ga yaqin eng koʻzga koʻringan tadbirkor va investorlar Qoraqalpogʻistonda toʻplanadi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov kecha maʼlum qilgan edi.

 

Xabarga koʻra, xorijda biznesini yoʻlga qoʻygan yana 40 dan ziyod oʻzbekistonlik tadbirkorlar ham hududga kelib, Qoraqalpogʻiston sharoiti bilan tanishadi.

 

Jumladan, bugun, 20-avgust kuni Nukus shahrida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda 40 dan ziyod ana shunday ishbilarmon biznes vakillari ishtirok etmoqda.

 

Prezident muloqot avvalida ularning fidokorona mehnati uchun oʻz nomidan, butun xalq nomidan samimiy minnatdorlik bildirgan.

 

 

“Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus koʻrsatishdan charchamanglar. Sizlarni qoʻllab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!” – degan Shavkat Mirziyoyev.

 

Taʼkidlash lozim, kuni kecha boʻlib oʻtgan yigʻilishda hududni yanada rivojlantirish uchun mazkur tadbirkorlar bilan aniq takliflar ishlab chiqish muhimligi qayd etilgan edi.

 

Shuning uchun ham mutasaddilarga boshqa hududlardan kelgan tadbirkorlar bilan ishlab, har bir tuman kesimida “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturini ishlab chiqish topshirilgan.

 

Bu dastur orqali esa Qoraqalpogʻistonda sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlarni rivojlantirish uchun katta zamin yaratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//