Madaniyat
2024-yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi. Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Hujjatda Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining alloma tavalludini nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullangan.
Endilikda mazkur tadbirlarni oʻtkazish va davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
Tashkiliy qoʻmita (A.Aripov) bir hafta muddatda Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi:
▪️ Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan koʻp jildlik akademik tarjima va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish;
▪️ Imom Termiziy hayoti va ilmiy merosining mohiyatini va bugungi kundagi ahamiyatini ochib beruvchi ilmiy-ommabop hujjatli film yaratish va sahnalashtirilgan spektakl namoyishini tashkil etish;
▪️ Imom Termiziy ziyoratgohiga olib boruvchi yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash, jumladan, yodgorlik majmuasi va unga tutash hududlarni obodonlashtirish;
▪️ Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Imom Abu Iso at-Termiziy majmuasida Imom Termiziy va Termiziy allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan asarlarning nodir qoʻlyozma va nashr nusxalari hamda kitoblarining koʻrgazmasini tashkil etish.
Bundan tashqari, ushbu tadbirni tashkil etishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Termiziy allomalarning ilmiy-maʼnaviy merosi: oʻtmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovini oʻtkazadi. Bunda xarajatlar Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi imom-xatiblar va diniy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Imom Termiziy asarlari boʻyicha hadislar bilimdoni” tanlovini oʻtkazadi. Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlanishi hujjatda belgilangan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q