Jamiyat
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi xizmat xonasida nomaʼlum shaxs tomonidan fayl papka qoldirib ketilgan. Xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning ichida 5000 dollar borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, voqea 16-avgust kuni sodir boʻlgan va ushbu holat boʻyicha zudlik bilan viloyat boshqarma boshligʻi va boshqa masʼul xodimlar guvohligida dalolatnoma rasmiylashtirilib, xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha zarur ishlar amalga oshirilgan.
“Mavjud vaziyat maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi hamda holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrnatilgan tartibda xabardor qilindi. Ayni vaqtda zarur surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Nazokat Urazova halolligi uchun vazirning tegishli buyrugʻi asosida lavozim maoshining uch barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantirilgan.
Maʼlumot uchun, Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga koʻra, pora olish-berish bilan bogʻliq harakatlar jinoyat hisoblanib, 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q