Oʻzbekistonda “maymun chechagi” kirib kelishi va tarqalishining oldini olish choralari koʻrilmoqda

Saqlash
14:38 / 19.08.2024 831 0

JSST Afrikada tarqalayotgan “maymun chechagi”ning “Clade 1b“ shtammining yangi toʻlqini tufayli, sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat deb eʼlon qildi.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, yurtimizga ushbu kasallik kirib kelishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasallikning chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirildi. Mutaxassislar “maymun chechagi” kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma asosida oʻqitildi.

 

Shuningdek, shifo-oʻrinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi. Kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda boʻlganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilab olindi.

 

Eng muhimi, kasallikni laborator aniqlash uchun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, shifokorlarning soʻzlariga koʻra, “maymun chechagi” virusli infeksiya boʻlib, odamlarga, ifloslangan narsalar yoki kasal hayvonlar bilan muloqot va jinsiy muloqot orqali yuqishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//