Jamiyat
15-avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi reysda yo‘lovchilarning qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘lgan. Bu haqda aviakompaniyaning axborot xizmati xabar berdi.
Aviaqatnov Kuala-Lumpurga yetib kelgach, havo kemasi ekipaji tomonidan politsiya xizmati chaqirtirilib, bu haqda bortdagi yo‘lovchilarga xabar berilgan. Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birga havo kemasini ko‘zdan kechirish choralari amalga oshirilib, barcha buyumlar topilgan. Gumonlanuvchilar chet el fuqarolari bo‘lib, o‘sha yerning o‘zida ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya poytaxti politsiya xizmatiga olib ketilgan.
Xabarda aviakompaniya yo‘lovchilarning qo‘l yuki uchun javobgar emasligini aytib, ogohlikka chaqirgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q