Jamiyat
Aksariyat ota-onalar farzandi olti yoshga toʻlishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi. Xoʻsh, bu qanchalik toʻgʻri? Tibbiy nuqtai nazardan bunday bolalar oʻquv jarayonida qiynalib qolmaydimi?
Sogʻliqni saqlash vazirligi Bola nega yetti yoshdan maktabga borishi kerakligini tushuntirib berdi.
Taʼkidlanishicha, olti yoshda bola har qancha aqlli boʻlmasin, ularda fikrlash qobiliyati toʻliq shakllanib ulgurmaydi.
Chunki yetti yoshgacha uning miyasi oʻsish jarayonida boʻlib, ayni shu yoshdan keyin takomillashadi. Yaʼni, bu fiziologik holat hisoblanadi.
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar koʻlami kengayib, aniqlashadi va oʻzaro moslashuv boshlanadi.
Ular oʻzini idora etish, harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ega boʻladi.
Maʼlum boʻlishicha, yetti yoshda diqqatni jamlash, vaziyatni baholash va qiyinchiliklarga duch kelganda toʻgʻri qaror qabul qilishni oʻrganadi.
“Bu yoshda bola ham jismonan, ham ruhan chiniqadi, qiziquvchanligi ortadi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Moddiy borliqni anglashga intiladi. Shuningdek, bu yoshda ularda gigiyenik malakalar shakllanadi.
Bir soʻz bilan aytganda, oʻgʻil-qizlarning maktabga yetti yoshdan borishi nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki kelajagi uchun ham muhimdir”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q