Endi keksalar jamoat transportidan bepul foydalanadi

Saqlash
11:08 / 16.08.2024 5244 0

Senatning 55-yalpi majlisida senatorlar tomonidan maʼqullangan Qonunga koʻra, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

 

Bundan tashqari, yuqorida taʼkidlangan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Shuningdek, ularga homiylik qilish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

 

Taʼkidlanishicha, endi mazkur Qonun bilan kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi ham talab etilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//