Jamiyat
1 yoshgacha boʻlgan bolalar anemiyasini asosan parhez yoʻli bilan davolanadi.
Bunday paytda oʻz tarkibida temir moddasini koʻp saqlovchi mahsulotlarni ovqat ratsioniga kiritish tavsiya etiladi.
Taʼkidlanishicha, qonni koʻpaytirish jarayonida bolaning individual xususiyati va yoshiga bogʻliq ravishda parhez tanlanadi.
Masalan, chaqaloqlarda anemiyani bartaraf etish uchun eng yaxshi ozuqa – ona suti.
8 oylikdan boshlab qoʻshimcha ovqat: goʻsht, grechkali kasha berish mumkin.
12 oyligidan boshlab esa baliq, mevalar va sabzavotlar bolaning ovqat ratsioniga qoʻshiladi.
Shifokorning taʼkidlashicha, baʼzida gematologlar qoni kam bolalarga stol №11 ni(parhez kategoriyasi boʻyicha) tavsiya etishadi (bir kunda 5 mahal ovqatlanish).
Bunda quyidagi mahsulotlar boʻladi:
▪️ non, makaron, un mahsulotlari;
▪️ shoʻrva;
▪️ baliq;
▪️ goʻsht, jigar;
▪️ tvorog, sariyogʻ, pishloq;
▪️ tuxum;
▪️ yongʻoq;
▪️ grechka;
▪️ noʻxat, fasol shoʻrva;
▪️ sabzavotlar, mevalar va rezavorlar.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109998
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73435
Jamiyat
//
Izoh yo‘q