Jamiyat
Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan anʼanaviy III “Ustozlar Milliy forumi” oʻtkazilmoqda.
Har yili tashkil etiladigan bunday tadbirlardan koʻzlangan maqsad yangi oʻquv yili oldidan ilgʻor metodikalar va sohadagi yangiliklarni oʻqituvchilarga yetkazishdir.
Mahorat darslari umumtaʼlim fanlari, maktabgacha taʼlim, maʼnaviyat kabi yoʻnalishlarni qamrab olgan.
Bu yilgi forum jarayonlari 15–16-avgust kunlari “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida Toshkent viloyatining “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etilmoqda.
Unda respublika boʻyicha jami 400 nafar oʻqituvchi va tarbiyachi jalb etilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur forum tadbirlari anʼanaviy tarzda kaskad usulida 19–20-avgust sanalarida viloyat miqyosida, 23–24-avgust sanalarida tuman (shahar)lar miqyosida, 27–30-avgust sanalarida barcha taʼlim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Hisobotda keltirilishicha, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni hozirda 37 548 taga (2023 yil 33 942 ta) boʻlib, 3-7 yoshli bolalarning qamrab olish darajasi 74,6 foizga (2023 — 74 foiz), 6 yoshlilarni qamrovi 93 foizga yetkazilgan.
Shuningdek, pedagoglarning ilgʻor tajribasini ommalashtirishga qaratilgan maxsus platforma ham ishga tushirilib, 15 716 ta ilgʻor metodikalar ommalashtirilgan.
500 ta maktabda ixtisoslashtirilgan maktablarining baholash tizimi joriy etilishi natijasida oʻzlashtirish 53 dan 59 foizga oʻsgan.
Nufuzli va mintaqaviy olimpiadalarda oʻquvchilarimiz tomonidan 2023–2024-oʻquv yilida hozirgacha jami 91 ta medal qoʻlga kiritilgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q