Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi

Saqlash
20:07 / 15.08.2024 1750 0

15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari joriy yilning 26-28-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildi.

 

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va hududlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//