Oʻqishni koʻchirishda imtihon sanasi maʼlum boʻldi

Saqlash
14:44 / 14.08.2024 702 0

Xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari sanalari eʼlon qilindi.

 

Xabarga koʻra, oʻqishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga koʻchirish boʻyicha ariza bergan talabalar 19-20-avgust kunlari test sinovlari boʻlib oʻtadi.

 

Imtihon ikki smenada tashkil etiladi:

 

▪️ 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;

▪️ 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar.

 

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan boʻyicha oʻtkaziladi.

 

Talabgorlarga mutaxassislik fanlari boʻyicha 30 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan — jami 90 ta test topshirigʻi beriladi.

 

Talabalar berilgan topshiriqlarni 3 soat ichida bajarishi shart( javoblar varaqasiga koʻchirish bilan).

 

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olish mumkin.

 

“Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//