Jahon
Qozogʻistonda onlayn kreditni taqiqlash toʻgʻrisidagi petitsiya eʼlon qilindi, deb xabar berdi Kazinform.
Maʼlum boʻlishicha, “Xaq-Nazar” jamoat fondi xodimlari mamlakatda onlayn kreditlashni taqiqlashni soʻramoqda. Ularning fikricha, qozogʻistonliklar moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirishning bunday turiga hali tayyor emas.
“Onlayn kreditlardan foydalanishning osonligi aholining zaif qatlamlari orasida qarz yukining oshishiga va moliyaviy beqarorlikka olib keladi. Yuqori foiz stavkalari va noaniq kredit shartlari koʻpincha odamlarni qarzga botiradi. Onlayn kreditlar qarzga tushib qolishdan tashqari, firibgarlik, oʻgʻirlik va tovlamachilik kabi qarz bilan bogʻliq jinoyatlarning koʻpayishiga sabab boʻladi”, — deyiladi xabarda.
Petitsiyaning izohlanishida harbiy xizmat sharoitida onlayn kredit olishga majburlash va uni moliyaviy suiisteʼmol qilish holatlari uchrayotgani aytiladi.
Bundan tashqari, mualliflar nafaqat onlayn kreditlar berishni taqiqlashni, balki mikrokreditlar sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishni ham talab qilgan.
Kecha eʼlon qilingan petitsiya 6-sentyabrga qadar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan boʻlib, hozirda u 581 marta koʻrilgan, ammo hech kim izoh qoldirmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q