Jamiyat
Oʻzbekistondagi 5 ta partiyaning har biriga kamida 600 ming nafardan ortiq fuqaro aʼzo boʻlgan.
Jumladan, 1991-yilda tashkil topgan Xalq demokratik partiyasining safida 704 ming 183 nafar aʼzo mavjud(joriy yilning 15 iyul holatiga koʻra). Ularning 281 ming 167 nafari yoshlar hisoblanadi (40 foiz).
Shuningdek, aʼzolarning qariyb yarmini (351 ming 209 nafar) ayollar tashkil etadi.
Oʻzbekiston “Adolat” SDP aʼzolarining umumiy soni 1 million 104 ming 283 nafar. Shundan ayollar – 595 ming 208 nafar (54 foiz) boʻlib, aʼzo yoshlarning umumiy soni 430 ming 689 (39 foiz) nafar.
Maʼlumot uchun, mazkur partiya 1995-yilda tashkil topgan.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga aʼzo boʻlganlar 762 ming nafardan ortiq boʻlib, shundan 265 ming nafari ayollar (39 foiz), 341 ming nafari yoshlar (51 foiz)dan iborat.
Partiya 2008-yilda tuzilgan “Milliy tiklanish” va “Fidokorlar” demokratik partiyasi negizida tashkil etilgan.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi safidagi aʼzolar soni 1 million 620 ming 238 nafar. Shundan 738 ming 591 nafari ayollar (46 foiz), 782 ming 877 nafari 34 yoshgacha boʻlgan yoshlardan (48,8 foiz) iborat. OʻzLiDeP 2003-yilda tashkil topgan.
2018-yilda tuzilgan eng yosh siyosiy partiya – Oʻzbekiston Ekologik partiyasida 638 mingdan ortiq aʼzo bor. Shundan 320 ming 730 (50,3 foizi) nafari xotin-qizlar, 266 ming 648 (41,8 foizi) nafari yoshlar hisoblanadi.
Shu hisobda, Oʻzbekistonda partiyalarga aʼzo boʻlganlarning umumiy soni qariyb 5 mln nafar(4 mln 828 ming 749 nafardan ortiq).
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q