Mehribonlik uyi bolasi tarbiyalanuvchi qiz sabab “samosud” qilindi

Saqlash
14:45 / 14.08.2024 589 0

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi yozgi dam olish oromgohida 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan boshqa tarbiyalanuvchi “samosud” qilindi.

 

Maʼlum boʻlishicha, voqea 5-avgust kuni oromgoh yotoqxonasida sodir boʻlgan.

 

Ijtimoiy tarmoqqa tarqalgan videoga koʻra, oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar tarbiyalanuvchilar oʻzaro janjallashgan. Buni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib turgan.

 

Bolalar ombudsmani bergan rasmiy munosabatda yozilishicha, 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻrtasidagi kelishmovchilik tarbiyalanuvchi X.S. (2008-yilda tugʻilgan) tarbiyalanuvchi qiz K.S.ning (2009-yilda tugʻilgan) shaxsiy daxlsizligi, shaʼni va qadr-qimmatiga zid harakatlar qilgani sababli kelib chiqqan.

 

Shundan soʻng, goʻyoki qizning shaʼnini himoya qilish maqsadida boshqa ikki voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi D.I. (2009-yilda tugʻilgan) va V.L. (2008-yilda tugʻilgan) tarbiyalanuvchi X.S.ni urgan.

 

“Holat yuzasidan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, hozirda mazkur vaziyat yuzasidan mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//