Jamiyat
Qoraqalpogʻiston Respublikasi joylashgan 2-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T. katta yoshli mahbuslar bilan bir kamerada saqlanayotganligi aniqlandi.
Xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka koʻra esa hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart boʻlib, alohida hollardagina bunga prokuror roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Xabarda yozilishicha, Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yoʻllagan alohida soʻrovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan oʻrganilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tergov hibsxonasi maʼmuriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yildagi “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasi talablariga rioya qilinmagan. Prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlarni katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlanganligi uchun qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan mutasaddilarga “qattiq hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanilgan.
Shuningdek, tekshiruvda katta yoshli mahbuslar tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlariga zarar yetkazish faktlari aniqlanmagan.
Yakunda voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslardan alohida kameraga joylashtirilgan va hibsxona maʼmuriyatining qonun talablariga qatʼiy rioya qilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q