Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekistondagi barcha telekanallar reklamalarni tartibga solish boʻyicha ogohlantirildi.
Maʼlum boʻlishicha, oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablarini buzmoqda.
Shu bois Qoʻmita raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) koʻrsatma xati yubordi.
Maʼlum boʻlishicha, koʻrsatmada reklama qonunchiligi talablarini bajarish soʻralgan.
“Koʻrsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta koʻrib chiqishi soʻralgan”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, ushbu koʻrsatma xati talabalaridan kelib chiqib, Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari oʻtkazadi.
Agar oʻrganishlarda qonun buzilishi aniqlansa, mazkur holatga yoʻl qoʻygan subyektlarga nisbatan qatʼiy taʼsirchan choralar, jumladan, moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q