Jamiyat
1987-yilda tugʻilgan Inoyatova Barno Farmonovna 12-avgust kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.
Inoyatova Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchining taxallusi Bonu boʻlib, u firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024-yildan buyon qidiruvda boʻlgan.
Endilikda ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishi mumkin.
“Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda koʻplab firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolarimizdan firibgarlardan OGOH BOʻLISHLARINI SO‘RAYMIZ.", deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q