Tungi vaqtda televizorni baland qilib koʻrgan shaxslar javobgarlikka tortiladi

Saqlash
22:04 / 12.08.2024 901 0

Tungi vaqtda, yaʼni soat 23:00 dan 06:00 gacha vaqt oraligʻida oʻzgalarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

 

Jumladan, belgilangan vaqt davomida baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar-joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar-joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagan holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish mumkin emas.

 

Mazkur tartibni buzgan shaxslar quyidagi miqdorda jarima toʻlaydi:

▪️ oddiy fuqarolar – BHMning uchdan bir qismi( taxminan 113 ming soʻm);

▪️ mansabdor shaxslar – BHMning uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha(113 ming soʻmdan 170 ming soʻmgacha).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//