Jamiyat
Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish yuzasidan tashkil etilgan videoselektor yigʻilishi avvalida Shavkat Mirziyoyev oʻzbekistonlik sportchilarning Parij Olimpiadasida erishgan natijalariga toʻxtalib, yutuq bilan butun Oʻzbekiston xalqini tabrikladi.
“Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qoʻygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda koʻrsatib, dunyoda 13-oʻrin, Osiyoda 4-oʻrin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-oʻrinni egalladi. Bir yoʻla 3 nafar sportchimiz “ikki karra olimpiya chempioni” degan yuksak sharafli nomga sazovor boʻldi.
Bu Yangi Oʻzbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga koʻrsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi.
Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi Oʻzbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning gʻururimiz!”, degan Prezident yigʻlish kirish soʻzida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q