Jamiyat
Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy telekanali tashkil etilishi mumkin.
Qozogʻiston poytaxti Ostona sharida oʻtkazilgan mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yigʻilishida bir qator masalalar koʻrib chiqildi.
Xabarga koʻra, Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston vakillari ishtirok etgan tadbirda OAV sohasida global muammolarga qarshi kurashish boʻyicha birgalikda qilinadigan saʼy-harakatlar muhimligi taʼkidlangan.
Yigʻilishdagi asosiy masalalardan biri Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish boʻlgan.
Bunda tomonlar axborot xavfsizligi va madaniy almashinuvni mustahkamlash uchun mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma yaratish gʻoyalariga toʻxtalgan.
Yigʻilish qatnashchilari tadbir davomida mediasavodxonlikni oshirish va soxta xabarlarga qarshi kurashish masalalarini ham muhokama qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q