Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida soʻzlagan nutqida mintaqa xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
“Markaziy Osiyo oʻzining geosiyosiy joylashuvi tufayli global ishonch inqirozi va mojarolar keskinlashuvining barcha salbiy oqibatlarini toʻliq boshdan kechirmoqda”, deya oʻz xavotirini bildirgan Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari, shuningdek, Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir boʻlayotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatayotganiga va buning oqibatida kelib chiqayotgan muammolarga eʼtibor qaratgan.
“Anʼanaviy savdo va transport zanjirlari buzildi. Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya bosimi kuchaymoqda. Jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarmoqda, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi toʻsiqlar paydo boʻlmoqda”, deya muammolarni sanab oʻtgan Oʻzbekiston Prezidenti.
Nutqi davomida Shavkat Mirziyoyev mintaqa barqarorligining muhim omili hisoblangan qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi bilan bogʻliq masalalar xalqaro kun tartibida ikkinchi darajaga tushib qolayotganini bildirgan. Shuningdek, hozirgi davrda Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi birdamlikda bogʻliqligini urgʻulagan.
“Shuni taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi koʻp jihatdan umumiy saʼy-harakatlarimizga, yaqindan hamkorlik qilish, qatʼiy choralar koʻrish va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorligimizga bogʻliq”, degan Prezident.
Shavkat Mirziyoyev shu maqsad bilan muammolarni hal qilish va bunga birdamlikda yondashish uchun Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish kerakligini qoʻshimcha qilgan.
“Tashqi siyosat idoralarimiz tomonidan strategik hujjat – Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, degan Oʻzbekiston yetakchisi nutqi davomida.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q