Siyosat
Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mintaqa davlatlari oʻrtasidagi doʻstlik, qoʻshnichilik va oʻzaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining eʼtirofi ekanini taʼkidlagan.
Shuningdek, yigʻilishda Xalqaro subyektlikning mustahkamlanishi va mintaqaning yuqori jozibadorligi tufayli Markaziy Osiyo iqtisodiy faollik markaziga, Sharq va Gʻarb, Shimol va Janubni bogʻlovchi transport-kommunikatsiya koʻprigiga aylanayotgani qayd etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhim tashabbus va qarorlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida mintaqa mamlakatlarining yaqinlashuv jarayoni barqaror, izchil va ortga qaytmas tus olganini alohida urgʻulagan.
Yakunda Shavkat Mirziyoyev yetakchilarga yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Markaziy Osiyoni tinch va farovon hududga aylantirish Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi boʻlib qolishini bildirgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q