
Jamiyat
Elektr isteʼmoli uchun yangi joriy qilingan “HET BILLING” tizimi isteʼmolchilar hisobini qarzdor sifatida koʻrsatayotgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Mazkur muammoli vaziyat boʻyicha Energetika vazirligi rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi ishga tushirilayotgan “HET BILLING” tizimida texnik ishlar olib borilyapti.
Odatda qarzdor xonadon elektr isteʼmolidan ajratilishi kerak, biroq bu jarayonda tizimning kamchiligi boʻlgani uchun elektr isteʼmoli toʻxtatilmaydi.
“Aslida haqdor boʻlib, lekin qarzdor koʻrinayotgan isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi. Texnik ishlar yakunlangach, ushbu muammo bartaraf etilishini maʼlum qilamiz. Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.", deyiladi rasmiy munosabatda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q