
Jamiyat
Buxoroda “tanish-bilishchilik” qilib, javobgarlikdan qutilib qolmoqchi boʻlgan haydovchining telefonini oʻchirib qoʻygan YPX xodimi taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga koʻra, qoidani buzgan haydovchi vaziyatdan quruq chiqib ketmoqchi boʻlgan. Shu sababli u tanishiga qoʻngʻiroq qilgan va uni YPX xodimiga tutgan. Biroq xodim gaplashmasligini bildirgan hamda telefonni oʻchirgan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur xodim Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani IIB JXX YHXB yoʻl-patrul xizmati inspektori safdor Sunnat Ergashev boʻlgan.
Oʻz xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, hamkasblariga oʻrnak boʻlgani uchun Ergashev IIV JXX YHXX rahbariyati tomonidan 3 mln soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilgan.
Ragʻbatlantirish Buxoro viloyati IIB JXX YHXB boshligʻi tomonidan shaxsiy tarkib bilan oʻtkazilgan yoʻriqnomada tantanali topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q