Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi maktab sumkasini tanlash va undan foydalanishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi boʻyicha tavsiyalar berib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, notoʻgʻri tanlangan va foydalanilgan sumkalar maktab yoshidagi bolalarning umurtqa pogʻonasi hamda mushaklari uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi. Bu holat kelgusida skolioz kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Maktab sumkasi bolaning orqa qismiga qulay joylashadigan oʻlchamda, tasmalari yelka qismiga botmaydigan darajada keng va yumshoq yostiqchali qoplamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Matosi suv oʻtkazmaydigan, orqa astari esa yupqa boʻlmasligi kerak. Aks holda, sumka ichidagi qatiq buyumlar, kitoblar jildining burchaklari kuraklar hamda bel sohasida ogʻriq va jarohatlarni keltirib chiqarishi xavfi bor.
“Ryukzaklarni ikki yelkaga baravar osish tavsiya etiladi. Bu ogʻirlikning tana boʻylab muvozanatli taqsimlanishiga xizmat qiladi va umurtqa pogʻonasi egriligi bilan bogʻliq patologiyalar kelib chiqishidan asraydi”, deyiladi xabarda.
Tavsiyaga koʻra, maktab sumkasi beldan pastga tushmagan holatda, lekin undan 5 santimetrdan kam boʻlmagan uzunlikda taqib yurilishi maqsadga muvofiq. Uning umumiy ogʻirligi bola vaznining 10-15 foizidan oshmasligi kerak. Masalan, bu meʼyor kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun taxminan 3-5 kilogramm, oʻrta sinfdagi bolajonlar uchun 6-8 kilogrammga teng.
“Sumkaga oʻquv qurollari va jihozlarini joylashtirish ham muhim jarayon. Jumladan, ogʻir narsalar ryukzak oʻrtasiga, yengillari har ikki tomoniga muvozanatli solingani maʼqul.
Qolaversa, katta hajmdagi, ogʻir va noqulay ryukzaklardan foydalanish bolajonlarning zinapoya va yoʻlaklarda yiqilish xavfini oshiradi”, deyiladi vazirlik tavsiyasida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q