Siyosat
Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ishtirok etgan.
Davlat rahbari Qosim-Jomart Toʻqayevga Alisher Navoiyga haykal oʻrnatish tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Qozogʻiston poytaxti markazida muhtasham yodgorlik bunyod etilgani qozoq xalqining qardosh Oʻzbekistonga boʻlgan chuqur hurmatining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladi.
“Buyuk faylasuf va insoparvar shoir Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat oʻzbek xalqiga, balki butun dunyoga tegishli noyob boylikdir. Navoiy asarlari XVI asrdayoq italyan va nemis tillariga tarjima qilingan boʻlsa, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha tillarida yangramoqda. Asrlar davomida hayotning oʻziga xos ensiklopediyasi boʻlgan uning ijodi millionlab insonlarni hayratga solib, ruhlantirib kelmoqda”, degan Oʻzbekiston Prezidenti.
Haykali Toshkentning markaziy maydonlaridan birini bezab turgan qozoq xalqining buyuk farzandi, qozoq adabiyotining mumtoz namoyandasi Abay Qoʻnonboyev Sharqning boshqa buyuk shoirlari qatori Alisher Navoiyni ham oʻzining ustozi deb bilgan.
Navoiy va Abay ijodi abadiyat, doʻstlik, muhabbat va sadoqat sheʼriyatidir. Ularning falsafiy qarashlari millatning maʼnaviy yuksalishida bebaho manba hisoblanadi.
2020-yilda marhum qozoq shoiri Nesipbek Aytuli Alisher Navoiyning eng muhim asari - "Xamsa"ni qozoq tiliga tarjima qilib, nashr etdi va ushbu kitobga soʻzboshi shaxsan Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev tomonidan yozildi.
“Ishonchim komilki, Alisher Navoiy haykali ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ramziga aylanadi, uning merosi esa yana koʻplab avlodlarni buyuk yutuqlarga ilhomlantiradi”, deya nutqini yakunlagan Shavkat Mirziyoyev.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q