Siyosat
Zafarbek Matnazarov Yangiariq tumaniga, Ruslan Oʻrazbayev esa Gurlan tumani hokimi etib tasdiqlandi. Nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.
Xorazm viloyati Yangiariq tumanining yangi hokimi Zafarbek Bahadirovich Matnazarov 1986-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qoʻshkoʻpir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Ruslan Xajibayevich Oʻrazbayev shu viloyatning Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi.
Oʻrazbayev 1979-yilda tugʻilgan, 2000-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Qayd etilishicha, har ikki nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q