Siyosat
Tashrif dasturi doirasida Ostona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozogʻiston Respublikasining “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini Oʻzbekiston yetakchisiga Prezident Qosim-Jomart Toʻqayev tantanali ravishda topshirdi.
Davlat rahbari koʻp millatli Oʻzbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning koʻp asrlik chinakam doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarga berilgan baho, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich - strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqish sari mushtarak intilishlarning eʼtirofi ekanini taʼkidladi.
"Oltin Qiron" oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozogʻiston bilan doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112125
Jamiyat
94810
Jamiyat
90858
Jamiyat
75654
Jamiyat
//
Izoh yo‘q