Qambarota GES qurilishini tayyorlash ishlari jadallashtiriladi

Saqlash
13:51 / 08.08.2024 1671 0

Oqoʻrda qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Davlat rahbari Qozogʻiston rahbari va xalqiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda bu kun Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligi tarixida alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

 

Ikki mamlakat rahbarlari 2024-2034-yillarga moʻljallangan strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 10 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shu maqsadda oy oxirigacha alohida dastur qabul qilinadi. Bunda bozorlarni oʻzaro shakllantirish, mavjud cheklovlarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Tomonlar kecha boʻlib oʻtgan biznes forumi va ishbilarmonlik uchrashuvlari yakunlari boʻyicha 7 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar imzolanganini ijobiy baholadi.

 

Energetika quvvatlari va infratuzilmasini qurish, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorlik bildirildi. Yirik mintaqaviy loyihalarni, eng avvalo, Qambarota GES qurilishini tayyorlash ishlari jadallashtiriladi.

 

Transport va tranzit sohasida ishbilarmon doiralarni jalb etgan holda ikki mamlakat oʻrtasida yangi transport yoʻlaklarini qurish loyihalarini ishlab chiqishga kelishib olindi. Bundan tashqari, zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish ishlarini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Mintaqada suvdan foydalanish masalalariga yagona yondashuv mavjudligi qayd etildi. Ishonchli huquqiy bazani shakllantirish, suv xoʻjaligi obyektlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish ishlari davom ettiriladi.

 

Taʼlim sohasida bugun ikki mamlakatdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari — Olmaotada Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiqda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga Ostona shahrida oʻzbek xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini oʻrnatish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Tomonlar Markaziy Osiyoda integratsiya va hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladi.

 

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart To‘qayevni Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Madaniyat

18:07 / 25.10.2024 0 164
Zulfiqor Musoqov yangi film suratga olmoqda

Jahon

15:03 / 25.10.2024 0 170
Qirgʻiziston madhiyasi qayta yoziladi

Jamiyat

12:08 / 25.10.2024 0 233
Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilindi

Jamiyat

09:16 / 25.10.2024 0 175
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi

//