So‘nggi 7 oyda 1 mlndan ziyod ekilmagan ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan

Saqlash
18:39 / 08.08.2024 1667 0

2024-yilning o‘tgan davrida xorijiy investorlarning 15 ming 210 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Hisobotda aytilishicha, 2 739 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 5 123 nafariga ijaraga yer ajratilishida, 1 181 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 4 048 nafariga o‘zini o‘zi band qilishida, 3 773 nafarining kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida ko‘mak ko‘rsatilgan.

 

Ehtiyojmand aholini har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida 548 nafar aholi xonadoni taʼmirlab berilgan hamda 1482 ta xonadon obodonlashtirilgan.

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganilganida, 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani, 580 mingtasi sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilganligi va 19 mingdan ortiq ko‘chat o‘z vaqtida ekilmaganligi sababli nobud qilinganligi aniqlanib, keskin choralar ko‘rilgan.

 

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 235 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, 32 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 1 200 nafardan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

 

Xususan, faoliyati o‘rganilgan 13 ta oliy va professional taʼlim muassasalarida aniqlangan byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish va talon-toroj qilish holatlari bo‘yicha 14 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//