Jamiyat
Prezident tomonidan “Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.
Hujjatga koʻra, shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish mazkur shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasining xodimi tomonidan probatsiyaga oid axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Taʼkidlanishicha, elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) quyidagi shaxslarga qoʻllaniladi:
▪️ ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni oʻtash tartibi talablarini bajarmayotganligi toʻgʻrisida rasmiy ravishda ogohlantirilgan fuqarolar;
▪️ ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni oʻtash davrida jamoat tartibini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi fuqarolar.
Bunda elektron braslet tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasi boshligʻining qarori asosida qoʻllaniladi.
Qonunda taʼkidlanishicha, probatsiya nazoratidagi shaxslarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori belgilangan mezonlar asosida har 3 oyda baholanadi va ularning ijtimoiy-psixologik qiyofalarida aks ettiriladi.
Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
🔲 mehnat organlari;
🔲 davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
🔲 Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari;
🔲 taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim tashkilotlari;
🔲 Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.
Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi.
Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati esa probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, probatsiya – muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q