Jamiyat
Bugun, 7-avgust kuni 3 tumanda yangi hokimlar nomzodi tasdiqlangdi.
Jumladan, Asronkulov Elyorbek Madaminovich Fargʻona viloyatining Furqat tumani hokimi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, tumanning sobiq hokimi Jahongir Jumanov edi.
Mansurov Ahror Ahmadaliyevich esa Namangan viloyatining Mingbuloq tumaniga hokim boʻldi.
Mansurov bundan oldin Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, tumanning oldingi hokimi Xudoyberdiyev Nurshod edi.
Taxiatosh tumanining yangi hokimi Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich boʻldi.
U shu kungacha Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Maʼlumot uchun, tumanning oldingi hokimi Daniyar Kurbanov edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q