
Jamiyat
Prezident “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat 6 ta bob va 35 ta moddadan iborat boʻlib, unga koʻra fuqarolar 8 toifadagi koʻchmas mulklarni oʻz nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy oʻtkazib olishi mumkin.
Bular:
▪️ 2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda oʻzboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
▪️ 2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda koʻrsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
▪️ “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
▪️ 2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimi qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
▪️ bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
▪️ kichik sanoat zonalariga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
▪️davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
▪️ hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.
Bunda yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi:
🔲 Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln soʻm);
🔲 Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln soʻm);
🔲 viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming soʻm);
🔲 boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm);
🔲 qolgan hollarda bir martalik toʻlov tegishli hududdagi oʻrtacha auksion bahosi miqdorida toʻlanadi.
Shuningdek, Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga chegirma beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q