Jamiyat
Tadbirkorning yeri olib qoʻyilgan hokimlik jabrlanuvchiga 436,6 mln soʻm kompensatsiya toʻlaydigan boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Andijon viloyatida tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Boburbek tekstil” MCHJga tegishli yer maydonining maʼlum qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan hamda kompensatsiya pullari berilmagan. Shu sababli, tadbirkor sudga murojaat etgan.
Boʻston tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan daʼvogar “Boburbek tekstil” MCHJ foydasiga javobgar Andijon shahar hokimligidan 436,6 mln soʻm miqdorida kompensatsiya undirish belgilangan.
Sud hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimi tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilgan va yakunda shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 436,6 mln soʻm miqdorida kompensatsiya pullari undirib berilgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q