Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7–9-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari va Prezidentlar raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Unda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, asosiy eʼtibor savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratiladi.
Tashrif munosabati bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamini qabul qilish kutilmoqda.
Taʼkidlash joiz, ayni vaqtda Qozogʻiston poytaxtida ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari ham oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Ostonada buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining ochilishi koʻzda tutilgan.
Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ham ishtirok etadi.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q