Jamiyat
Oʻzgidromet 7-avgust kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Xabarga koʻra, ertaga respublikada havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.
Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Voha hududlarida harorat kunduzi 37-42 issiq, kechasi 21-26 daraja iliq boʻladi.
Vodiy viloyatlarida esa harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.
Poytaxt Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq boʻlishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q