Jamiyat
Vaqtincha ishsiz pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etadimi? Yoʻq, ular ishtirok eta olmaydi.
Sababi, hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi koʻra, “Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi”.
Yaʼni, malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog kadrlar taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi shart.
Maʼlumot uchun, joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishi uchun pedagoglar 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtadi.
Shu hisobda, vaqtincha ishsiz pedagoglar muddat yakunlangunga qadar ishga kirib, soʻng attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza berishi mumkin.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111810
Jamiyat
94672
Jamiyat
90664
Jamiyat
75307
Jamiyat
//
Izoh yo‘q