Jamiyat
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning chanqagan qush(mayna)ga suv bergani tasvirlangan video tarqaldi.
Voqea Andijon shahar “Furqat shifoxonasi” hududida sodir boʻlgan.

Shundan soʻng ushbu kadrlar #Onaxonga_respekt xeshtegi bilan butun ijtimoiy tarmoqlarga yoyildi. Keng jamoatchilik esa ayolning mazkur ishini olqishlagan.
Maʼlum boʻlishicha, ayolning ismi Zoya Kogay boʻlib, u Andijon viloyatida istiqomat qiladi.
Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabarida Zoya Kogay “qahramon” sifatida eʼtirof etilgan. Tabiatga va uning ajralmas qismi boʻlgan qushlarga beeʼtibor boʻlmaganligi uchun boshqarma rahbariyati tomonidan ayolga minnatdorlik bildirilgan hamda sovgʻa bilan taqdirlangan.

Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q