Jamiyat
Sochga erta oq tushishining sababi ochiqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, sochga melanin pigmentini ishlab chiqaradigan melanosit hujayralari rang beradi. Yosh oʻtgan sayin ularning faolligi pasayishi tufayli melanin hosil boʻlishi kamayadi va oqibatda soch oqara boshlaydi.
Sochga erta oq tushishining eng asosiy omili esa irsiy moyillik hisoblanadi. Melanositlarning soni va faolligi, avvalo, genlarga bogʻliq ekan.
Masalan, agar insonning yaqin qarindoshlarida soch barvaqt oqargan boʻlsa, katta ehtimol bilan, unda ham bu jarayon yoshlikdan boshlanadi.
Bundan tashqari, sochga erta oq oralashiga surunkali stress ham sabab boʻladi. Zoʻriqish, tez-tez asabiylashish hujayralar, shu jumladan, melanositlar tezroq qarishiga olib keladi. Natijada soch oʻzining tabiiy rangini yoʻqotib, oqaradi.
V12, D3 vitaminlari, mis, temir va rux soch hamda teri salomatligini saqlashda muhim rol oʻynaydi. Shu bois ularning yetishmasligi ham melanin ishlab chiqarilishining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, sochda oq tolalarning erta paydo boʻlishi doim ham irsiy moyillik va stressga bogʻliq boʻlavermaydi. Bunga gormonal oʻzgarishlar, shuningdek, vitiligo, areata alopesiyasi kabi autoimmun hamda gipertireoz, gipotireoz va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklar ham taʼsir qilishi mumkin.
Havo ifloslanishi va kuchli ultrabinafsha nurlari, nosogʻlom turmush tarzi, chekish, alkogol ichimliklarni isteʼmol qilish ham soch va teriga zarar yetkazib, qarish jarayonini tezlashtiradi hamda sochlarning erta oqarish xavfini oshiradi.
Soch erta oqarishining oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
▪️ Stress va zoʻriqishdan saqlanish.
▪️ Toʻgʻri va vaqtida ovqatlanish. V12, D vitaminlari, biotin va ruxga boy mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qilish.
▪️ Kuniga kamida 7-8 soat uxlash.
▪️ Zararli odatlardan voz kechish.
▪️ Yetarli miqdorda suv ichish.
▪️ Sochni toʻgʻri parvarish qilish. Fen, dazmol va boshqa vositalardan kamroq foydalanish.
▪️ Sport bilan shugʻullanish.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q