Jamiyat
2024 yil iyul oyi oxirida Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy pasayishi fonida 0,28 foizli deflyatsiya qayd etildi. Bu 2023 yil iyul oyidagi koʻrsatkichdan biroz pastroq (-0,16 foiz) . Yillik inflyatsiya esa (2023 yil iyuliga kelib) 10,47 foizgacha sekinlashgan.
Statistika agentligining maʼlumotiga koʻra, mazkur oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,5 foizga pasaygan boʻlsa, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,7 foizga, pulli xizmatlar narxi 0,5 foizga qimmatlashgan.
Mahsulotlarning narxlaridagi oʻzgarishlar quyidagicha:
Arzonlashganlari:
▪️ tuxum – 2,5 foizga;
▪️ sut – 0,5 foizga;
▪️ shakar – 0,3 foizga;
▪️ un – 0,3 foizga
▪️ pomidor – 40,7 foizga;
▪️ baqlajon – 35,8 foizga;
▪️ qovun – 31,3 foizga;
▪️ bulgʻor qalampiri – 31,3 foizga;
▪️ bodring – 11,9 foizga;
▪️ olma – 5,6 foizga;
▪️ kartoshka – 2,6 foizga;
▪️ piyoz – 1,7 foizga.
Qimmatlashgan:
▪️ guruch – 0,5 foizga;
▪️ mol va qoʻy goʻshti – 1,5 foizga;
▪️ kungaboqar yogʻi – 1 foizga;
▪️ karam – 4,3 foizga;
▪️ sabzi esa – 2,2 foizga.
Shuningdek, dori-darmonlarning narxi iyul oyida ham oʻsishda davom etgan (oy davomida – 2,2 foiz). Xususan, tomir kengaytiruvchi dorilar 2,9 foizga qimmatlashgan.
Yonilgʻi mahsulotlarida ham oʻzgarish boʻlgan. Masalan. propan 3,8 foizga qimmatlashgan boʻlsa, benzin 0,7 foizga arzonlashgan. Metan narxi esa oʻzgarmay qolgan.
Oy davomida shaharlararo poyezdlarda sayohat narxi 3,4 foizga, respublika boʻylab havo qatnovi 0,6 foizga, xalqaro yoʻnalishlarda 0,9 foizga, madaniyat va istirohat bogʻlari xizmatlari 7,1 foizga, elektron toʻlov tizimlari orqali pul oʻtkazmalari xizmatlari 4,6 foizga qimmatlashgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q