Raqobat qoʻmitasi “propan” gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan oʻrganish ishlarini boshladi

Saqlash
20:05 / 01.08.2024 365 0

Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida tegishli oʻrganishlarni olib borayotganini maʼlum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda metan va propan gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan eʼtirozlar tarqalib, jamoatchilik tomonidan qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

 

Raqobat qoʻmitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda oʻz vakolatlari doirasida “tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining quyilishi va sotilishi yuzasidan tegishli oʻrganishlarni olib borayotganini” xabar qildi.

 

Xabarda aytilishicha, oʻrganish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

 

“Maʼlumot uchun, Raqobat qoʻmitasi oʻz funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlari oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrish yuzasidan masʼul regulyatorga (15.07.2024-yil) xabar yuborilgan”, deyiladi qoʻmita bayonotida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//