Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi bir guruh san’atkorlar chiqqan kupeda havo sovitish tizimi ishlamagani yuzasidan o‘rganishlarini ma’lum qildi. Endilikda kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaydi, pullar chipta narxidan chegirib qolinadi. Yo‘lovchi vagonining sovitish tizimi ishlamagan taqdirda ma’lum summadagi mablag‘lar kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Raqobat va iste’molchi huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, endilikda konditsioneri ishlamagan kupe uchun chiptadan ma’lum miqdordagi pul chegirib qolinadi.
Ya’ni, sovitish tizimi xizmatlari uchun ham chiptaga to‘lov qilingan, ammo yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan paytda konditsioner ishlamasa va bu holat o‘z tasdig‘ini topsa, yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘’tadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan shu yilning 19-iyul sanasidan kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaydi, chipta narxidan chegirib qolinadi.
Qolaversa, qo‘mita yuqoridagi kabi muammolar yuzasidan tashkilotning o‘zi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga konditsioner ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan tegishli raqam va elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q