Siyosat
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va qaytayotib, Toshkentga qisqa muddatga qo‘ndi. U bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov uchrashdi.
Italiya Vazirlar Kengashi raisi Jorja Meloni 28−31-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va u yerdan qaytayotib, 31-iyul kuni kechqurun Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. Uni aeroportda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.
Vazir o‘zining Telegram kanalida uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev nomidan ezgu tilaklar bildirganini yozgan.
“O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik aloqalari keng qamrovli bo‘lib, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Uchrashuvning boshqa tafsilotlari keltirib o‘tilmagan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112207
Jamiyat
94883
Jamiyat
90973
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q